"Ergashev Education" MCHJ sayti orqali mahsulotlar, tovarlar sotish va xizmat ko'rsatish bo'yicha


1. Terminlar va ta'riflar

Sotuvchi – "Ergashev Education" MCHJ, manzili: Buxoro shahar, Uchtepa tumani, Tashabbuskor ko'chasi 4-uy. Ushbu korxona tinglovchilarning buyurtmasi asosida masofadan, ya'ni internet orqali xizmatlar ko'rsatadi.

Xaridor – jismoniy yoki yuridik shaxs.

Oferta – sotuvchining nomuayyan shaxslar doirasiga internet orqali xizmatlar ko'rsatish uchun taklif etilgan shartnomasi.

Aksept – xaridor tomonidan ofertani to'liq va shartsiz qabul qilish, natijada shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Shartnoma – internet orqali xizmatlarni sotib olish bo'yicha sotuvchi va xaridor o'rtasida tuzilgan kelishuv.

Tomon(lar) – xaridor va/yoki sotuvchi.

Buyurtma – xaridor tanlagan xizmat turi, narxi va kerakli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan elektron hujjat. Buyurtmani to'ldirish jarayonida xaridor to'lov usuli, to'lov kodi va boshqa zarur ma'lumotlarni oladi.

To'lov kodi – har bir xaridor va buyurtmaga bir marta beriladigan, qaytarilmas raqam (kod) bo'lib, hisob-kitob hujjati sifatida xizmat qiladi.

Xizmat(lar) – internet orqali masofadan ko'rsatiladigan, xaridor buyurtmasi asosida taqdim etiladigan xizmatlar. Ular orasida masofaviy ta'lim, mahsulotlar, testlar, tanlovlar va boshqa xizmatlar mavjud. Nomoddiy xizmatlar natijalari moddiy shaklda (xat, guvohnoma, sertifikat) taqdim etilishi mumkin.

2. Umumiy shartlar

2.1. Ushbu shartnoma va saytdagi xizmatlar ommaviy oferta hisoblanadi.

2.2. Xaridor buyurtma shakllantirish orqali ushbu shartnoma shartlariga to'liq rozilik bildiradi.

2.3. Xizmatlar O'zbekiston Respublikasi va butun dunyo bo'ylab sotiladi.

2.4. Sotuvchi istalgan vaqtda ushbu shartnomaga o'zgartirish kiritish huquqini saqlab qoladi.

2.5. Sotuvchi xizmatlarni sotishda uchinchi tomonlarni jalb etishi mumkin.

2.6. Xizmat yuzasidan savollar bo'lsa, xaridor birinchi navbatda sotuvchiga murojaat qilishi lozim. Buning uchun saytdagi "Aloqa" tugmasi, telefon raqami yoki elektron manzil orqali bog'lanish mumkin.

2.7. Xaridor xizmat va natijalarini, bonus va boshqa huquqlarni tijorat maqsadida ishlatmasligi, sotuvchining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi shart. Ushbu talab buzilganda, sotuvchi xaridorni kursdan chetlatish va zararni undirish huquqiga ega.

2.8. Moddiy eltmalarni yetkazib berish muddati shartli hisoblanadi va "O'zbekiston pochtasi" OAJ me'yorlariga muvofiq belgilanadi.

2.9. Buyurtma shakllantirilgan kundan boshlab 5 kun ichida to'lov amalga oshirilishi kerak. Shu muddatda narxlar o'zgarmaydi. Muddat o'tgach, buyurtma bekor qilinadi va qayta rasmiylashtirish talab etiladi.

2.10. Moddiy eltmalar va boshqa xarajatlar buyurtma tarkibida alohida ko'rsatiladi.

2.11. Xizmatlar va moddiy eltmalar uchun to'lov xaridor tomonidan to'lov kodi asosida, belgilangan operator orqali 100% oldindan amalga oshiriladi. Saytda ko'rsatilgan operatorlardan boshqa to'lovlar qabul qilinmaydi.

3. Buyurtmani shakllantirish tartibi

3.1. Xizmat(lar)ni sotib olish uchun xaridor saytdagi shakl orqali buyurtma rasmiylashtiradi. Birinchi marta buyurtma qilayotgan xaridor ro'yxatdan o'tadi, keyingi safar esa avtorizatsiyadan o'tadi.

3.1.1. Ro'yxatdan o'tish – xizmat natijalarini yoki moddiy eltmalarni yetkazish uchun zarur ma'lumotlarni to'ldirishdir. Ro'yxatdan o'tgan xaridor shaxsiy kabinetga ega bo'ladi va ma'lumotlarni mustaqil o'zgartirishi mumkin.

3.1.2. Faqat ro'yxatdan yoki avtorizatsiyadan o'tgandan so'ng to'lov qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Majburiy ma'lumotlar to'ldirilmasa, buyurtma rasmiylashtirilmaydi.

3.2. Buyurtmani shakllantirish "To'lash" tugmasini bosish bilan yakunlanadi va bu aksept hisoblanadi. Shundan so'ng xaridor 5 kun ichida to'lovni amalga oshiradi. To'lov qabul qilingani haqida operator tomonidan SMS yoki elektron pochta orqali xabar beriladi.

3.3. Buyurtma rasmiylashtirishda kiritilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun xaridor javobgar.

3.4. Xizmat natijalari xaridor to'lovni to'liq amalga oshirgandan so'ng taqdim etiladi.

4. To'lovni amalga oshirish

4.1. To'lanadigan summa buyurtma rasmiylashtirilganda xaridorga ko'rsatiladi. Xizmatlar va narxlar katalogda keltiriladi, moddiy eltmalar narxi alohida ko'rsatiladi. Narxlar sotuvchi tomonidan istalgan vaqtda o'zgartirilishi mumkin, lekin to'langan buyurtmalarga taalluqli emas. Hisob-kitoblar milliy valyutada (so'm) amalga oshiriladi.

4.2. Moddiy eltmalar va boshqa xarajatlar buyurtma tarkibida alohida ko'rsatiladi.

4.3. Xizmatlar va moddiy eltmalar uchun to'lov xaridor tomonidan to'lov kodi asosida, belgilangan operator orqali 100% oldindan amalga oshiriladi. Saytda ko'rsatilgan operatorlardan boshqa to'lovlar qabul qilinmaydi.